“Oʻzekspomarkaz“da 19-noyabr kuni mamlakatimizda turizm sanoatini jadal rivojlantirish va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirishgabagʻishlangan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiya forumi ochildi.
2018-yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda bo‘lib turgan “O‘zbekiston bo‘yicha kokus” hamraislari Trent Kelli va Visente Gonsaliz boshchiligidagi AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zolari guruhi bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Elchisi Javlon Vaxabov (qarorgohi Vashington shahrida) Kanada General-gubernatori Jyuli Payettga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 noyabr kuni Latviya Respublikasi e’lon qilinganining 100 yilligi munosabati bilan Prezident Raymonds Veyonisni qutladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘mon milliy bayrami – Sulton tavalludi kuni munosabati bilan Sulton Qobus bin Saidni tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qanliko‘l tumanida bunyod etilgan «Kanteks invest» to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
2018-yilning 16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlarining har yil bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
2018-yilning 13-noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi joylashgan bino qarshisida mamlakatimiz davlat bayrog‘ini tantanali ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bosh konsulxona manzili Karl Libknext ko‘chasi 22-uy.