2019-yilning 22-mart kuni Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi (OFID) Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanining 22 ta aholi punktlari va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan umumiy qiymati 54 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan loyihaning tasdiqlangani to‘g‘risida O‘zbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi xabardor qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklifiga binoan joriy yilning 24-26-mart kunlari rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida boʻladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Pokiston Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Imron Xonni ushbu mamlakatning milliy bayrami - Pokiston kuni bilan tabrikladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tigr daryosida parom choʻkishi oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan Iroq Respublikasi Prezidenti Barham Ahmad Solihga samimiy hamdardlik bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Szyansu provinsiyasi Yanchen shahridagi kimyo zavodida roʻy bergan falokat oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga chuqur taʼziya bildirdi.
Ushbu tadbir shu yilning 29 va 30 mart kunlari poytaxtimizdagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi “Central Park”ida oʻtkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tunis Respublikasi Prezidenti Muhammad al-Bojiy Qoid as-Sebsiyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.