Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligini ta’minlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan samarali himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada qilmishiga pushaymon bo‘lgan hamda tinch turmush tarziga qaytgan fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘lgan shaxslar ro‘yxatidan chiqarilib, ularni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
2019-yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraisi, Fransiya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
2019-yilning 11-17-aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi demarkatsiyasining tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 12-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida konsullik sohasida birinchi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 aprel kuni Daniya Qirolichasi Margrete Ikkinchini Daniya milliy bayrami – Qirolicha tavalludi kuni bilan muborakbod etdi.
2019-yilning 16-17-aprel kunlari Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda ikki mamlakat vazirliklari va yirik kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyalar a’zolari ishtirok etdi.
2019-yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston – Britaniya muzokaralarini o‘tkazish uchun Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alan Dunkan Toshkent shahriga tashrif bilan keladi.
2019-yilning 15-16-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo bo‘yicha “Barqaror taraqqiyot uchun mushtaraklik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada ishtirok etish uchun Ruminiyaga amaliy tashrif bilan boradi.