2019-yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahridagi Malayziya Elchixonasiga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Yurtimizda bo‘lib qaytgan har qanday chet ellikning xotirasida, eng avvalo, o‘zbek halqining mehmondo‘stligi, dasturxonimizning ochiqligi, taomnomamizning rang-barangligi hamda ovqatlarimizning betakrorligi muhrlanib qolishi hech kimga sir emas. Bu omil ko‘pchilik xorijliklarning yurtimizga yana qaytib kelishlarida, biz bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yishlarida ham muhim o‘rin tutadi.
Joriy yil 14-19 may kunlari Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari O.Shagazatov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda qurilish, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalarini yanada rivojlantirish maqsadidaTurkiyaning Istambul, Izmir va Chorlu shaharlariga tashrif buyurdi.
2019-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kan Chje Kvonni qabul qildi.
2019-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Daniel Rosenblumni qabul qildi.
2019-yilning 20-24-may kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 22-may kuni Florensiyadan Sienaga (Italiya) borish yo‘lida ichida turistlar bo‘lgan avtobusning halokatga uchrashi natijasida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.