Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining qaroriga binoan 2019-yil 1-yanvardan boshlab Tojikiston Respublikasi vakili Jumaxon G‘iyosov Toshkent shahrida joylashgan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori hisoblanadi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining qaroriga binoan 2019-yilning 1-yanvardan boshlab Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Magnitogorsk shahrida ko‘p qavatli uy qulashining fojiali oqibatlari munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga chuqur hamdardlik bildirdi.
O'zbekistonning Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko'ra, Magnitagorsk shahrida turar-joy binosi qulashi natijasida qurbon bo'lgalar orasida 2019-yilning 1-yanvar kuni ertalab holatida O'zbekiston fuqarolari yo'q.
Yaqinda poytaxtimizda O‘zbekiston hamda Afg‘oniston vakillari ishtirokida Temuriy malikalardan biri Shohruh Mirzoning rafiqasi Gavharshodbegim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
2018-yilning 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmet Bashar Shenni qabul qildi.
Fuqarolar bilan ishlashni mukammallashtirish, ularga tezkor va har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Call-center” yagona qisqa telefon raqamini ishga tushirdi. 1164 raqami 20 ta kanalga ega. +998-71-233-69-46 shahar raqami orqali ham telefon qilish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori