O'zbekiston

uzbekistan-map-symbols

Geografik joylashuvi: Oʻzbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan, maydoni 448,9 ming kv. km. Respublika chegarasi gʻarbdan sharqqa — 1425 km, shimoldan janubga qadar — 930 km.

Chegaralari: Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozogʻiston, sharqda va janubiy-sharqda Qirgʻiziston va Tojikiston, gʻarbda Turkmaniston, janubda esa Afgʻoniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afgʻoniston bilan uzunligi — 143 km., Qоzоgʻiston — 2356,31 km., Qirgʻiziston — 1476,12 km., Tojikiston — 1283,2 km. va Turkmaniston bilan — 1831,49 km.

Relefi: Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitlarga ega. Mamlakat hududi oʻ ziga xos past — tekislik va tog ʻ relefini o ʻ z ichiga oladi.

Oʻzbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon past-tekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir togʻ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m.) tizmalari joylashgan. Oʻzbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon choʻllaridan biri — Qizilqum yastanib yotadi.

Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Mamlakat yer osti boyliklari tabiiy gaz, qoʻngʻir va tosh koʻmir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega.

Iqlimi: Oʻzbekiston iqlimi keskin oʻzgaruvchan kontinental iqlimdir. Mintaqadagi kunduzgi va tungi, yozgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. Yillik havo harorati farqi sezilarli darajada yuqori. Yanvar oyi oʻrtacha harorati -6 0 gacha tushadi, iyul oyida oʻrtacha havo harorati +32 0 gacha koʻtariladi. Pasttekislik hududlarida yillik yogʻingarchilik miqdori -120-200 mm., choʻl hududlarida -1000 mm. gacha etadi. Yogʻingarchilik miqdori kam boʻlgani sababli, qishloq xoʻjaligi sun'iy sugʻorish tizimiga bogʻliqdir.

Ichki suv havzalari: Mamlakat eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Amudaryo uzunligi -1437 km., Сирдарё -2137 км .га етади . Oʻzbekistonning koʻpgina ichki daryolari suvi oquvi davomida keng dashtu-choʻllarga singib ketadi, faqatgina Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi.

Tuproq va oʻsimliklari: Pasttekisliklar choʻl oʻsimliklari, togʻlari esa dasht, oʻrmon va togʻ oldi yaylovlari oʻsimliklaridan iborat.

Hayvonot dunyosi: Mamlakat faunasi juda turli-tumandir. Choʻllarda juda kamyob hisoblanagan saygʻoq va uzunligi 1,5 metrga teng echkiemar, baland togʻlarda esa qor barsi va togʻ echkisining noyob turlari uchraydi.

Togʻ tizimi: Respublika territoriyasining 1/5 qismini togʻ va togʻ oldi hududi tashkil etadi. Sharqiy hududi oʻrta va baland togʻli relefdan iborat: respublika hududi Gʻarbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskem, Chotqol va Qurama togʻ tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Qoʻhitangtogʻ va Boysuntogʻ togʻ tizmasi) togʻ tizmalari yonbagʻrini oʻz ichiga oladi. Janubdan gʻarbga tomon ular qiyalab boradi va pasttekislikka qoʻshilib ketadi. Ushbu togʻlar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib yotadi. Bularning eng kattasi hisoblangan Fargʻona vodiysi -370 kilometr, kengligi 190 kilometrga yetadi. U uch tomondan baland togʻ bilan oʻralgan va faqat gʻarb tomoni tekislikdir. Afgʻoniston bilan chegara hududda Amudaryo deltasi yoyilib yotadi.

Tabiiy zahiralari: Oʻzbekiston Respublikasi ulkan sanoat va mineral-xom ashyo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, qayta ishlash jarayonida olinadigan katta miqdordagi yarim tayyor mahsulotlar, tabiiy boylik zahiralari va rivojlangan infratuzilma imkoniyatlariga ega.

Er osti zahiralarini zamonaviy ravishda izlab topish ishlari qimmatbaho, rangli va noyob metallar zahiralari, turli organik yoqilgʻ i mahsulotlari, neft, tabiiy gaz va gaz kondensanti, qoʻngʻir va yarim koksga oid koʻmir, slanes yoqilgʻisi, uran va koʻpgina qurilish uchun zarur xom ashyo turlariga boy konlarni oʻzlashtirish bilan bogʻliqdir.

Oʻzbekiston hududida taxminan yuzdan ortiq mineral xom ashyoni oʻz ichiga olgan, binobarin bulardan oltmish turi xalq xoʻjaligida allaqachon foydalanilayotgan koʻpgina foydali qazilmalar kompleksi aniqlangan.

Oʻzbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzi, fosforitlar, kaolin kabi foydali qazilmalar zahirasi boʻyicha nafaqat MDH davlatlari oʻrtasida, balki butun dunyoda yetakchi oʻrin egallashi tasdiqlangan. Jumladan oltin zahirasi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi, uni qazib olish boʻyicha yettinchi, mis zahirasi boʻyicha oʻninchi-oʻn birinchi oʻrinlarni, uran zahirasi boʻyicha yettinchi-sakkizinchi, qazib olishda oʻn birinchi-oʻn ikkinchi oʻrinlarni egallashi qayd etilgan.

Quyida zikr etilgan mineral xom ashyo zahiralari nafaqat mavjud togʻ-kon komplekslarida kelajakda qazib olish faoliyati muddatini uzaytiradi, balki ularning oltin, uran, mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosfor, kaliy tuzlari, qalay shpati, vollastonit, qishloq xoʻjaligi ximiyaviy rudalari va boshqa bir qator foydali qazilmalarning yana qaytadan qazib olishni tashkil qilish va ularning quvvatini oshirishni ta'minlashga xizmat qiladi.

    Online Maslahat

    Ism

    E-mail

    Maslahat

    Useful links

    booked.net
    booked.net