O'zbekiston - Malayziya

OʻZBEKISTON-MALAYZIYA MUNOSABATLARI

Malayziya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 1-yanvarda tan olgan. Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 21-fevralda oʻrnatilgan.

Ikki tomonlama doʻstona va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishda tamal toshi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1992-yil va Malayziya Bosh vaziri Moxatxir Mohammadning 1993-yilgi rasmiy tashriflari chogʻida qoʻyildi. 2003-yil esa Oʻzbekistonga Malayziya podshohi Tuanku Sayyed Sirajuddin Sayyed Jamalullayl tashrif buyurgan.

Ikki tomonlama munosabatlardagi soʻnggi muhim voqealar sifatida Oʻzbekiston davlat Rahbarining 2005-yil oktabr oyidagi Malayziyaga va unga javoban 2008-yil noyabrda ushbu davlat Bosh vaziri Ahmad Badaviyning Oʻzbekistonga davlat tashriflari qayd etildi va bu tadbirlar chogʻida oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarida bir nechta hukumatlararo shartnomalar imzolangan.

2010-yilning aprel oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri D.Tashmuhamedovaning Malayziyaga safari amalga oshirilgan.

2010-yil iyul oyida Malayziya tashqi ishlar vaziri Anifa Aman Oʻzbekistonga rasmiy tashrif amalga oshirgan.

Tomonlarning o‘zaro munosabatlarni jadallashtirishda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida oʻtkaziladigan siyosiy maslahatlashuvlar katta ahamiyat kasb etadi. Oxirgi 4-yigʻilishi 2019-yilning 12-sentabrda Toshkentda oʻtkazilgan.

2020-yil fevral oyida Malayziya Parlamentida 5 nafar deputatlardan iborat “Malayziya-O‘zbekiston” do‘stlik guruhi tashkil etildi. 2020-yil may oyida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 12 deputatlardan iborat “O‘zbekiston-Malayziya” parlamentlararo do‘stlik guruhi tashkil etildi.

2020-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida Malayziya parlamentining yuqori palatasi (Senati) bilan parlamentlararo do‘stlik guruhi tashkil etildi. Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining raisi B. Sayfullaev guruh rahbari etib tayinlandi.

2019-yil 14-16-oktyabr kunlari Toshkentda Malayziyaning tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi (MATRADE) bilan hamkorlikda biznes-forum o‘tkazilgan. Tadbir davomida Malayziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida korporatsiyaning Toshkentdagi vakolatxonasi ochilgan.

2020 yil 8 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzoqov va Malayziya Katta vaziri, xalqaro savdo va sanoat vaziri Mohamed Azmin Ali o'rtasida juda keng qamrovli va samarali virtual uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbir ko'plab mavzularni qamrab oldi, shu jumladan, Malayziya-O'zbekiston savdo aloqalarini rivojlantirishning bir qancha muhim yo'nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar Malayziya va O'zbekiston o'rtasida hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlar borligini tasdiqladilar va ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hajmini oshirish zarurligini ta’kidladilar. Malayziya-O'zbekiston Qo’shma savdo qo'mitasi yig'ilishini o’tkazishni qayta yo’lga qo’yishga kelishib olindi. Malayziya tomoni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzoqov taklifini qo’llab-quvvatlab, Malayziya-O'zbekiston ishbilarmonlar kengashini tuzishga kelishib olindi. Muhokama doirasida ikkala mamlakatning COVID-19 tarqalishi bilan kurashishdagi muvaffaqiyatlarini hisobga olgan holda Malayziya va O'zbekiston o'rtasida sayohat va sayyohlik sohasida “travel and tourism bubble” yaratish istiqbollarini o’rganishga ham to'xtalib o'tildi.

2019-yil 18-21-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.S.Qosimov va bosh vazir o‘rinbosari E.M.Ganiev tarkibidagi delegasiya Kuala-Lumpur sammitida ishtirok etish uchun Malayziyaga tashrif buyurdi. Natijalari bo‘yicha “Yo‘l xarita” qabul qilindi.

Oʻzaro savdo aylanmasi hajmi 2020-yil yakuni bo‘yicha 75,76 million dollarni tashkil qilgan.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda 2005-yilda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida tashkil qilingan Qoʻshma savdo qoʻmitasi katta rol oʻynamoqda. Qoʻmitaning ikkinchi yigʻilishi 2009-yilning 20-oktabrda Toshkentda oʻtkazilgan.

Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Malayziya investitsiyasi ishtirokida 31 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 21 tasi 100% Malayziya kapitali ishtirokida faoliyat koʻrsatmoqda.

Malayziya texnik hamkorlik dasturi (MTCP) doirasida tashkil etilayotgan qisqa muddatli oʻquv kurslarida respublika vazirlik va tashkilotlari vakillari doimiy tarzda ishtirok etib kelishmoqda. 2020-yilning sentabr oyiga qadar 630dan ziyod Oʻzbekiston vazirlik va idoralari vakillari MTCP seminarlarda ta’lim olishgan.

2019-yil oktabr oyida Toshkent moliya instituti bazasida Malayziya menejment va tadbirkorlik "Binary" universiteti bilan Oʻzbekiston -Malayziya qoʻshma fakulteti ochilgan.

2020-yil iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va "Binary" menejment va tadbirkorlik universiteti oʻrtasida Urganchda Universitetning Xalqaro filialini tashkil etish toʻg‘risida uch tomonlama shartnoma imzolangan. 

    Online Maslahat

    Ism

    E-mail

    Maslahat

    Useful links

    booked.net
    booked.net