Vaqtinchalik konsullik hisobiga turish tartibi

O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan hamda o‘qish, xizmat safarida bo‘lish, mehnat faoliyatini amalga oshirish, tibbiyot muassalarida davolanish va oilasi bilan birlashish maqsadlarida Elchixona konsullik okrugida qonuniy ravishda olti oydan ortiq muddatda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Elchixona Konsullik bo‘limida vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinadi.

O‘zbekistondan sayyoh sifatida, shaxsiy ishlari yoki boshqa maqsadlarda olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatga chiqib ketgan, shuningdek mamlakat orqali tranzit o‘tib ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik ro‘yxatiga olinmaydi.

Shuningdek, muddati o‘tgan nobiometrik namunadagi hamda biometrik, xorijga chiqish (zagran) passporti hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati egalari ham vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinmaydi. Mazkur toifadagi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar passport yoki harakatlanish hujjatitni O‘zbekistondagi doimiy ro‘yxati yoki oxirgi ro‘yxatdan o‘tgan tuman ichki ishlar idoralaridan olishlari mumkin. Konsullik bo‘limi tomonidan ularga O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi beriladi.

Vaqtincha konsullik ro‘yxati 4 yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtiriladi. Xususan, xorijda bo‘lish maqsadlardan kelib chiqqan holda vaqtincha konsullik ro‘yxati quyidagi muddatlarga rasmiylashtiriladi: (1) xizmat safari davomiyligi muddatiga; (2) o‘qish muddatiga; (3) tibbiy xizmatdan foydalanish yoki davo muolajalari muddatiga; (4) mehnat shartnomasi muddatiga; (5) o‘z oilasi bilan birlashishga - 4 yilgacha.

Vaqtincha konsullik hisobiga olish uchun konsullik to‘lovlari olinmaydi.

Vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olish quyidagi 2 usulda amalga oshirilishi mumkin:

I. Elchixona Konsullik bo‘limiga shaxsan murojaat qilish yuli bilan;

II. Interaktiv xizmatlar veb-portali orqali masofadan turib (shaxsan murojaat qilmasdan) vaqtincha konsullik ro‘yxatiga turish.

I. Birinchi usul (shaxsan murojaat qilish) bilan vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga turish uchun Elchixona Konsullik bo‘limiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- www.consulate.mfa.uz veb-saytida to‘ldirilgan bir nusxadagi shtrix-kod (barcode)li elektron ro‘yxatga olish varaqasi (sahifaning nomi - VAQTINCHA KONSULLIK HISOBI http://consulate.mfa.uz/kus/vcreate. Quyidagi talablar asosida elektron fotosurat ro‘yxatga olish varaqasiga biriktirilgan bo‘lishi lozim. 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ham elektron ro‘yxatga olish varaqasi alohida to‘ldiriladi;

- passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatning asli hamda nusxasi - (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati tushirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat (propiska)da turganlik shtampi qo‘yilgan varaq‘i (xorijga chiqish (zagran) passport bundan mustasno), (3) passport yoki harakatlanish hujjatining "Dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun" yozuvli stikeri quyilgan varaq‘i;

- 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik haqida guvohnomsi asli va nusxasi;

- 16 yoshga to‘lmagan bolalarning passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatining asli hamda nusxasi - (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati tushirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat (propiska)da turganlik shtampi qo‘yilgan varaq‘i, (3) passport yoki harakatlanish hujjatining "Dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun" yozuvli stikeri quyilgan varaq‘I, (2) va (3) bandlarda ko‘rsatilgan varaqlar xorijga chiqish (zagran) passportga ta’luqli emas;

- ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi asli hamda nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);

- xorijiy davlatda qonuniy ravishda yashashga ruxsat beruvchi hujjat asli hamda nusxasi («permanent resident card» va shu kabilar);

- xorijga xizmat safariga chiqib ketganlar uchun - buyruq yoki xizmat safari guvohnomasining nusxasi;

- xorijga o‘qishga chiqib ketganlar uchun - o‘qish joyidan ma’lumotnoma, va o‘qishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asli hamda nusxasi;

- xorijga davolanishga chiqib ketganlar uchun - O‘zbekiston Respublikasi yoki bo‘lib turgan mamlakat tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tibbiy hujjatlar asli hamda nusxasi (tibbiy ma’lumotnoma, tibbiy muassasa taklifnomasi va shu kabilar);

- xorijga ishlashga chiqib ketganlar uchun - ish joyidan ma’lumotnoma, mehnat shartnomasidan asli hamda nusxasi;

- oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga chiqib ketganlar uchun - nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma hamda voyaga etmagan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari (birgalikdagi nikohdan bolalar bo‘lganda) asli hamda nusxasi.

Mazkur hujjatlar konsul tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularda kamchiliklar mavjud bo‘lmasa, konsul arizachining pasportiga vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olinganlik haqida shtampni quyadi hamda hujjatlarning aslini egasiga qaytaradi.

Konsullik bo‘limiga kelishdan avval fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs elektron navbatga turishi hamda qabul kuni va vaqtini oldindan belgilashi talab qilinadi.

Konsullik bo‘limida qabul kuni va vaqtini belgilash uchin quyidagi veb-sahifaga kiring http://e-navbat.mfa.uz/texnolog/usluga?id=37

II. Ikkinchi usul - interaktiv xizmatlar veb-portali orqali masofadan turib (shaxsan murojaat qilmasdan) vaqtincha konsullik ro‘yxatiga turish bo‘yicha hujjatlar ro‘xati va tartibi.

Hujjatlar ro‘yxati:

- www.consulate.mfa.uz veb-saytida to‘ldirilgan shtrix-kod (barcode)li elektron ro‘yxatga olish varaqasi (sahifaning nomi - VAQTINCHA KONSULLIK HISOBI http://consulate.mfa.uz/kus/vcreate. 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ham elektron ro‘yxatga olish varaqasi alohida to‘ldiriladi.

- passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatning nusxasi - (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati tushirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat (propiska)da turganlik shtampi qo‘yilgan varaq‘i (xorijga chiqish (zagran) passport bundan mustasno),
(3) passport yoki harakatlanish hujjatining "Dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun" yozuvli stikeri quyilgan varaq‘i;

- 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik haqida guvohnomsi nusxasi;

- 16 yoshga to‘lmagan bolalarning passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatining nusxasi - (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati tushirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat (propiska)da turganlik shtampi qo‘yilgan varaq‘i, (3) passport yoki harakatlanish hujjatining "Dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun" yozuvli stikeri quyilgan varaq‘I, (2) va (3) bandlarda ko‘rsatilgan varaqlar xorijga chiqish (zagran) passportga ta’luqli emas);

- ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);

- xorijiy davlatda qonuniy ravishda yashashga ruxsat beruvchi hujjat nusxasi;

- xorijga xizmat safariga chiqib ketganlar uchun - buyruq yoki xizmat safari guvohnomasining nusxasi;

- xorijga o‘qishga chiqib ketganlar uchun - o‘qish joyidan ma’lumotnoma, va o‘qishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar nusxasi;

- xorijga davolanishga chiqib ketganlar uchun - O‘zbekiston Respublikasi yoki bo‘lib turgan mamlakat tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tibbiy hujjatlar nusxasi (tibbiy ma’lumotnoma, tibbiy muassasa taklifnomasi va shu kabilar);

- xorijga ishlashga chiqib ketganlar uchun - ish joyidan ma’lumotnoma, mehnat shartnomasidan nusxasi;

- oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga chiqib ketganlar uchun - nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma hamda voyaga etmagan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari (birgalikdagi nikohdan bolalar bo‘lganda) nusxalari.

Interaktiv xizmatlar veb-portali orqali masofadan turib

vaqticha konsullik ro‘yxatiga turish uchun:

- fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar iinteraktiv konsullik xizmatlar veb-portali orqali murojaat qilganda yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning «PDF» formatida skaner qilingan nusxalarini www.consulate.mfa.uz  sayt tizimiga joylashtiradi;

- mazkur hujjatlar konsullik mansabdor shaxsi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularda kamchiliklar mavjud bo‘lmasa, konsul arizachining elektron pochta manziliga vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi tegishli xabarnomani yuboradi (mazkur xabarnoma arizachinig konsullik ro‘yxatiga olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanib, uning pasportiga vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinganligi haqida  shtamp quyilishini istisno qiladi);

- hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo‘lsa, konsul ularni bartaraf qilishni surab, arizachining elektron pochta manziliga xabarnomani yuboradi.

III. VAQTINCHA KONSULLIK RO‘YXATINING MUDDATINI UZAYTIRISH VA KONSULLIK HISOBIDAN CHIQISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lib turgan mamlakatida yashashni davom ettirish istagi bo‘lganda, vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olish muddatining tugashidan bir oy oldin uni uzaytirish uchun Konsullik bo‘limiga murojaat qilishlari zarur, aks holda, konsullik ro‘yxati muddati tugagunga qadar murojaat qilinmaganda, fuqaro konsullik hisobidan chiqariladi.

Vaqtincha konsullik ro‘yxatidan chiqarish tartibi.

Quyidagi hollarda fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin:

  • - boshqa konsullik okrugiga doimiy yashashga chiqib ketganda;
  • - xorijda vaqtincha bo‘lib turish muddati tugaganda;
  • - O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda (fuqarolikni yo‘qotganda);
  • - vafot etganda.

 

Vaqtincha konsullik ro‘yxatidan chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Agarda fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs vaqtincha konsullik ro‘yxatiga iinteraktiv konsullik xizmatlar veb-portali orqali turgan bo‘lsa (pasportiga vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinganlik haqida shtamp quyilmagan holda),  uni konsullik hisobidan chiqarish uchun:

- arizachi konsullik ro‘yxatidan chiqarish bo'yicha arizani Konsullik bo‘limining mazkur consul@uzbekembassy.com.my  elektron manziliga yuboradi:

- konsullik mansabdor shaxs arizachini konsullik ro‘yxatidan chiqarib, bu haqidagi tegishli xabarnomani uning elektron manziliga yuboradi (mazkur xabarnoma arizachinig konsullik ro‘yxatigan chiqarilganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanadi).

2. Agarda fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning pasportiga vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinganlik haqida shtamp quyilgan bo‘lsa, uni konsullik hisobidan chiqarish uchun:

- arizachi Konsullik bo‘limiga shaxsan murojaat qilib, konsullik hisobidan chiqishi uchun arizani (mazkur arizani Konsullik bo‘limida to‘ldirishning ham imkoniyati mavjud) va pasportini taqim qiladi. Konsul arizachining pasportiga ro‘yxatdan chiqarilganlik to‘g‘risida shtamp, konsullik muassasasining gerbli muhri va o‘z imzosi qo‘yadi va pasportni egasiga qaytaradi.

 

Fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ish, o‘qish yoki xizmat safari joyidan O‘zbekiston Respublikasiga qarashli boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga ko‘chib o‘tgan taqdirda oldingi yashash joyidagi konsullik ro‘yxatidan chiqishlari hamda yangi kelgan joyida konsullik ro‘yxatiga olinishlari lozim.

Agarda fuqarola va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs oldingi yashash joyidagi konsullik ro‘yxatidan chiqmasdan turib boshqa konsullik okrugiga ko‘chib o‘tsa, konsul uning arizasi asosida pasportiga ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi shtampni qo‘yish yo‘li bilan uni oldingi konsullik ro‘yxatidan chiqaradi va shundan so‘ng uni konsullik ro‘yxatiga kiritadi.

Konsullik ro‘yxatidan chiqarish va unga kiritish tartibi bir davlat hududi chegarasida boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga ko‘chib o‘tayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham tadbiq etiladi.

Vaqtincha konsullik hisobiga turgandan so‘ng arizachining familyasi, ismi, ota ismi, yashash manzili, telefon va elektron pochta manzili o‘zgarsa, bu haqda Elchixona Konsullik bo‘limiga xabar berishlari lozim.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net