Chet elda doimiy yashashga qolish bo’yicha hujjatlarni topshirish

Chet elda doimiy yashashga qolish bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun arizachi www.consulate.mfa.uz (XORIJGA DOIMIY YASHASH http://consulate.mfa.uz/pmj/create) veb-saytida so‘rovnoma – arizasini to‘ldiradi va unga elektron fotosuratni quyidagi talablar bo'yicha yuklaydi TALABLAR 1 va TALABLAR 2. So'rovnomaning 14-bandida o'qish va mexnat faoliyatingiz to'g'risidagi ma'lumotlarni xronologik tartibda, batafsil  aks ettiring. Agar, ba’zi-bir texnik sabablarga ko‘ra electron so‘rovnoma-anketasini to‘ldirishning imkoni bo‘lmasa, mazkur anketaning qog‘ozdagi shaklini kompuyterga saqlash yoki chop etish va uni kompuyterda yoki qo‘lda to‘ldirish lozim;

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) chet elda doimiy yashashga chiqish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati:

1. Elchixona nomiga yozilgan ariza (3 nusxada).
2. Pasportning barcha varaqlaridan nusxalar (3 nusxadan).
3. http://consulate.mfa.uz/pmj/create veb-saytida to‘ldirilgan, qog`ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo`yilgan, bar-kodi ko`rsatilgan electron so`rovnoma – arizasi, 3 nusxada;

4. Tarjimai hol (3 nusxada).
5. Xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidam fuqaroning mazkur davlatda doimiy qolishiga ruxsat beruvchi hujjat nusxasi (3 nusxada).
6. O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan va O'zbekiston hududida doimiy ro'yxatdan turuvchi ota-onasining, turmush o'rtog'ining notarial tasdiqlangan rozilik arizasi (1 asli va 2 nusxa). O'zbekiston hududida doimiy ro'yxatda turgan sobiq turmush o'rtoq'ining notarial tasdiqlanga rozilik arizasi (agar ular o'rtasida farzand bo'lsa). O'zbekiston hududida doimiy ro'yxatdan turuvchi ota-onasi va turmush o'rtog'ining rozilik arizasi, arizachi hozirgi vaqtda ular bilan birga yashamasa ham talab qilinadi. 
7. Tug'ilganlik haqida guvohnomaning nusxasi (3 nusxada). 
8. Farzandlarining tug'ilganlik haqidagi guvohnomalarining notarial tasdiqlangan va legalizatsiya qilingan nusxalari - agar ular xorijiy davlatda tug'ilan bo'lsa (3 nusxada).
9. 6 dona 3,5 x 4,5 sm. hajimdagi fotosuratlar.
10. Tug'ilganlik va nikoh tuzilganlik haqida guvohnomalarning nusxalari (3 nusxada).
11. Agar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar (16 yoshga to'lga fazand pasport olgan bo'lsa) ota - onasi bilan birga hujjat topshirishlari mumkin, buning uchun farzanlarning ota-onasi bilan birga xorijga doimiy yashashga chiqishga rozilik arizalari talab qilinadi (Agar 16 yoshga to'lgan farzand avval pasport olmagan bo'ldsa, u ota-onasi bilan birga hujjat topshirish huquqiga ega emas, bu holatda unga Elchixona tomonidan O'zbekistonga qaytish guvohnomasi berilib, u ushbu guvohnoma bilan O'zbekistonga qaytadi va ichki ishlar idoralaridan pasport oladi). Ota-ona bilan birga hujjat topshirayotgan farzandlarning familiyasi, ismi, ota ismi va tugilgan sanasi mazkur veb sahifaning 2-bandida ko'rsatilgan Ariza so'rovnomasining 13-bandida yozilishi lozim.
12. Arizachining turmush o’rtog’ining pasport nusxasi (3 nusxada).

13. Agar mavjud bo'lsa, mehnat daftarchasining nusxasi (3 nusxa).

 

Eslatma:

Hujjatlar faqat O'zbekiston fuqarosining amal qilish muddati tugamagan biometrik pasportiga ega bo'lgan fuqarolardan qabul qilinadi. Pasporti yuqolgan fuqarolardan hujjatlar qabul qilinmaydi. Xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilgan fuqarolardan xorijda doimiy yashashga qolish uchun hujjatlar olinmaydi.

O'zbekistonda rasmiylashtirilgan hujjatlarning nusxalari konsullik bo'limi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Bunday holda, arizachi hujjatlarning asl nusxalarini va ko’chirma nusxalarini taqdim etishi kerak.

Xorijga doimiy yashash uchun ruxsatnomalar olish bo'yicha arizalar O'zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan 3 oydan 6 oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqilishi mumkin.

Xorijda doimiy yashashga qolishga ruxsat berilmagan taqdirda, konsullik to'lovlari arizachiga qaytarilmaydi, rad etish sabablari to'g'risida izoh berilmaydi.

Xorijda doimiy yashashga ruxsat olish bo'yicha hujjatlarni topshirish uchun arizachi konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi lozim.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net