Fuqarolik olish soddalashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (PF–61-son, 29.01.2022-y.) Prezident Farmoni qabul qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko‘rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to‘g‘risida“gi Prezident Farmoni (PF–6185-son)ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko’ra:
Shuningdek, ariza bilan murojaat qilgan kungacha:
Mazkur shartlardan loaqal birining mavjud emasligi, O‘zbekiston fuqaroligini tan olishni rad etishga asos bo’ladi.
O‘zbekiston fuqaroligini tan olish uchun ariza bilan birgalikda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:
Taqdim etilgan hujjatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan 1 oylik muddatda o‘rganib chiqilib, xulosa tayyorlanadi. Xulosaning bir nusxasi to‘plangan materialga ilova qilinib, Ichki ishlar vazirligiga kelishish uchun yuboriladi.
Ichki ishlar vazirligi kelib tushgan materialni 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘rganib chiqib, xulosa asoslantirilganligini tekshiradi va o‘z munosabati bildirilgan xatni hududiy ichki ishlar organiga yuboradi.
Ichki ishlar organi tomonidan ariza beruvchiga bu haqda 3 ish kuni ichida xabar beriladi va identifikatsiyalovchi kartasini rasmiylashtirish choralari ko‘riladi.
Manba: PF–61-son 29.01.2022-y.