Doimiy konsullik ro'yxatiga turish

Xorijda doimiy yashash uchun O‘zbekistondan belgilangan tartibda ro‘yxatdan chiqarilgan va xorijga doimiy yashash uchun borishda ruxsat berish yozuvi stikeri (pasportida "Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi", "Departure for permanent residence abroad is authorized" shtampi qiyilgan) yoki manzildan jo‘nab ketish varaqasi asosida O‘zbekistondan chiqqan hamda Elchixona konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Elchixonada doimiy konsullik ro‘yxatiga turishlari lozim.

Doimiy konsullik ro‘yxatiga olish quyidagi 3 usulda amalga oshirilishi mumkin:

I. Elchixona Konsullik bo‘limiga shaxsan murojaat qilish yo'li bilan;

II.  Interaktiv xizmatlar veb-portali orqali masofadan turib (shaxsan murojaat qilmasdan yoki hujjatlarni pochta xizmati orqali yubormasdan) doimiy konsullik ro‘yxatiga turish.

I. Birinchi usul (shaxsan murojaat qilish) bilan doimiy konsullik ro‘yxatiga turish uchun Elchixona Konsullik bo‘limiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- www.consulate.mfa.uz veb-saytida to‘ldirilgan bir nusxadagi shtrix-kod (barcode)li elektron ro‘yxatga olish varaqasi (sahifaning nomi - DOIMIY KONSULLIK HISOBI http://consulate.mfa.uz/kus/create. Quyidagi talablar asosida elektron fotosurat ro‘yxatga olish varaqasiga biriktirilgan bo‘lishi lozim. 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ham alohida to‘ldiriladi;

- passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatning asli hamda nusxasi - (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati tushirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat – propiskadan o‘chirilganlik shtampi qo‘yilgan varaq‘i, (3) passport yoki harakatlanish hujjatining «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikeri quyilgan varaq‘i;

- 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik haqida guvohnomsi asli va nusxasi;

- 16 yoshga to‘lmagan bolalarning passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatining asli hamda nusxasi – (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati joylashtirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat – propiskadan o‘chirilganlik muhri qo‘yilgan varaq‘i, (3) biometrik, nobiometrik namunadagi passport, harakatlanish hujjatining «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikerning varaq‘i;

- ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);

- xorijga chiqish (zagran) pasporti bo‘lsa - O‘zbekiston ichki ishlar bo‘linmalari tomonidan berilgan manzildan chiqib ketish varaqasi (listok ubitiya)ning asli va nusxasi;

- xorijiy davlatda qonuniy ravishda doimiy yashashga ruxsat beruvchi hujjat asli hamda nusxasi («permanent resident card» va shu kabilar);

- konsullik to‘lovi.  

Mazkur hujjatlar konsul tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularda kamchiliklar mavjud bo‘lmasa, konsul arizachining pasportiga konsullik ro‘yxatiga olinganlik haqida shtampni quyadi hamda hujjatlarning aslini egasiga qaytaradi.

II. Ikkinchi usul - interaktiv xizmatlar veb-portali orqali masofadan turib (shaxsan murojaat qilmasdan yoki hujjatlarni pochta xizmati orqali yubormasdan) doimiy konsullik ro‘yxatiga turish bo‘yicha hujjatlar ro‘xati va tartibi.

Hujjatlar ro‘yxati:

- www.consulate.mfa.uz veb-saytida to‘ldirilgan shtrix-kodli elektron ro‘yxatga olish varaqasi (sahifaning nomi - DOIMIY KONSULLIK HISOBI http://consulate.mfa.uz/kus/create. Quyidagi talablar asosida elektron fotosurat ro‘yxatga olish varaqasiga biriktirilgan bo‘lishi lozim. 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ham alohida elektron ro‘yxatga olish varaqasi to‘ldiriladi.

- passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatning nusxasi - (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati tushirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat – propiskadan o‘chirilganlik shtampi qo‘yilgan varaq‘i, (3) passport yoki harakatlanish hujjatining «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikeri quyilgan varaq‘i;

- 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik haqida guvohnomsi nusxasi;

- 16 yoshga to‘lmagan bolalarning passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatining nusxasi – (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati joylashtirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat – propiskadan o‘chirilganlik muhri qo‘yilgan varaq‘i, (3) biometrik, nobiometrik namunadagi passport, harakatlanish hujjatining «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikerning varaq‘i;

- ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);

- xorijga chiqish (zagran) pasporti bo‘lsa - O‘zbekiston ichki ishlar bo‘linmalari tomonidan berilgan manzildan chiqib ketish varaqasi (listok ubitiya)ning nusxasi;

- xorijiy davlatda qonuniy ravishda doimiy yashashga ruxsat beruvchi hujjat nusxasi («permanent resident card» va shu kabilar);

- konsullik to‘lovi

Interaktiv xizmatlar veb-portali orqali doimiy konsullik ro‘yxatiga turish va elektron to‘lovni amalga oshirish tartibi:

- fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar iinteraktiv konsullik xizmatlar veb-portali orqali murojaat qilganda yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning «PDF» formatida skaner qilingan nusxalarini www.consulate.mfa.uz  sayt tizimiga joylashtiradi.

- mazkur hujjatlar konsullik mansabdor shaxsi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularda kamchiliklar mavjud bo‘lmasa, konsul arizachining elektron pochta manziliga elektron to‘lovni amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risidagi xabarnomani yuboradi;

- hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo‘lsa, konsul ularni bartaraf qilishni surab, arizachining elektron pochta manziliga xabarnomani yuboradi.

IV. DOIMIY KONSULLIK RO‘YXATIDAN CHIQARISH TARTIBI

Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin:

  • - boshqa konsullik okrugiga doimiy yashashga chiqib ketganda;
  • - xorijda vaqtincha bo‘lib turish muddati tugaganda;
  • - O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda (fuqarolikni yo‘qotganda);
  • - vafot etganda.

 

Doimiy konsullik ro‘yxatidan chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Agarda fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy konsullik ro‘yxatiga interaktiv konsullik xizmatlar veb-portali orqali masofadan turgan bo‘lsa (pasportiga doimiy konsullik ro‘yxatiga olinganlik haqida shtamp quyilmagan holda), uni konsullik hisobidan chiqarish uchun:

- konsullik mansabdor shaxs arizachini konsullik ro‘yxatidan chiqarib, bu haqidagi tegishli xabarnomani uning elektron manziliga yuboradi (mazkur xabarnoma arizachinig konsullik ro‘yxatigan chiqarilganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanadi).

2. Agarda fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning pasportiga konsullik ro‘yxatiga olinganlik haqidag shtamp quyilgan bo‘lsa, uni konsullik hisobidan chiqarish uchun:

- arizachi Konsullik bo‘limiga shaxsan murojaat qilib, konsullik hisobidan chiqishi va uning uchun arizaini (mazkur arizani Konsullik bo‘limida to‘ldirishning ham imkoniyati mavjud) va pasportini taqim qiladi. Konsul arizachining pasportiga ro‘yxatdan chiqarilganlik to‘g‘risida shtamp, konsullik muassasasining gerbli muhri va o‘z imzosini qo‘yadi va pasportni egasiga qaytaradi.

 

Fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashash joyidan O‘zbekiston Respublikasiga qarashli boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga ko‘chib o‘tgan taqdirda oldingi yashash joyidagi konsullik ro‘yxatidan chiqishlari hamda yangi kelgan joylarida konsullik ro‘yxatiga olinishlari lozim.

Agarda fuqarola va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs oldingi doimiy yashash joyidagi konsullik ro‘yxatidan chiqmasdan turib boshqa konsullik okrugiga ko‘chib o‘tsa, konsul uni  ariza asosida uning pasportiga ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi shtampni qo‘yish yo‘li bilan uni oldingi konsullik muassasasidagi konsullik ro‘yxatidan chiqaradi va shundan so‘ng uni konsullik ro‘yxatiga kiritadi.

Konsullik ro‘yxatidan chiqarish va unga kiritish tartibi bir davlat hududi chegarasida boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga ko‘chib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham tadbiq etiladi. Bunday holatlarda arizachilardan konsullik yig‘imlari undirilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan hollarda ular konsullik ro‘yxatidan chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qiladilar.

Konsullik hisobiga turgandan so‘ng arizachining familyasi, ismi, ota ismi, yashash manzili, telefon va elektron pochta manzili o‘zgarsa, bu haqda Elchixona Konsullik bo‘limiga xabar berishlari lozim.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net