Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi.
Men ayni damda mintaqaning geosiyosiy manzarasi, bugungi kundagi mavqei borasida batafsil toʻxtalmoqchi emasman. Hozir ayni jarayonlarga bevosita taʼsir etish quvvatiga ega boʻlgan, siyosatchilar tili bilan aytganda, haqli maʼnoda mintaqaning geosiyosiy aktoriga aylanib borayotgan Yangi Oʻzbekistonimizning dadil qadamlari, kundan-kun oshib, yuksalayotgan xalqaro imiji borasidagi muxtasar fikrlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.
Ochigʻi, meni bugun aytmasa boʻlmaydigan, yuragimni toʻlqinlantirib yuborgan quvonchli voqealar yozishga undadi, qoʻlimga qalam olishga majbur etdi desam, toʻgʻri gapni aytgan boʻlaman.