2019-yilning 6-mart kuni Luksemburg Buyuk Gersogligining Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
2019-yilning 3-5-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Qatar Davlatida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni - Bosniya va Gersegovina mustaqilligi kuni munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidiumi Raisi Milorad Dodikka tabrik yo‘lladi.
2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan uchrashdi.
2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi. S.Svaraj Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 46-sessiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
2019-yilning 1-mart kuni Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) 46-sessiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayх Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Bolgariya milliy bayrami – Ozodlik kuni bilan Prezident Rumen Radevni tabrikladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chortoq tumanida barpo etilayotgan “Chortoq resorts” sanatoriy-sogʻlomlashtirish markazi bilan tanishdi.
Mamlakatimizning Riyod shahridagi elchixonasida Saudiya Arabistonining «Aman Group Marketing» kompaniyasi asoschisi Aman Abubakr Turkistoni bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va yetishtirilgan mahalliy meva-sabzavotlarni Saudiya Arabistoni bozoriga eksport qilishni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni Namangan viloyati faollari ishtirokida bo‘lgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.