TASHQI ISHLAR VAZIRLIGIDA YIG?ILISH

24.03.2019 17:17

2019-yilning 22-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev TIVda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlarini xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan bajarilishining amaliy jihatlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Hisob palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” AJ vakillari va Xorazm viloyati hokimligi rahbarlari ishtirok etdi.

 Mamlakatimizning Saudiya Arabistoni, Malayziya va Turkmanistondagi Elchilari videoaloqa orqali Xorazm viloyatidagi xorijiy kapital ishtirokidagi va zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan aniq investitsion loyihalar bo‘yicha hisobat berdilar.

 Yig‘ilishda viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini oshirish va buning uchun zarur sharoitlarni yaratish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net