MO?G?ULISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV

14.03.2019 14:47

2019-yil 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mo‘g‘uliston Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Luvsan Battulguni (qarorgohi Ostona shahrida) qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilib, Vazir Elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat chog‘ida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam maslahatlashuvlarni sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng davom ettirishga, turli jabhalardagi, jumladan BMT va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan ShHT doirasidagi O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston aloqalarini faollashtirishga qiziqish bildirildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilish chog‘ida o‘zaro mahsulotlarni yetkazib berish hajmi va nomenklaurasini kengaytirish uchun tomonlarda mavjud salohiyatga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston fuqarolarining 30 kun muddatgacha bo‘lgan davrda mamlakatimizga tashrif buyurishlari uchun vizasiz tartibi joriy qilinganligidan kelib chiqqan holda turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Zafar Yuldashkulov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net