Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qoxir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat vazirlik va idoralarining vakillari ishtirok etdi.
2019-yilning 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Hujjat Dehli shahrida 2018-yil 1-oktabr kuni imzolangan edi.
2019-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili etib tayinlangan Matilda Dimovskani qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
2019-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvaxitov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) prorektori Artyom Malgin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdilar.
OAV vakillarining murojaatlariga binoan Koreya Respublikasidagi klinikalardan birida 2018-yil iyul oyidan buyon koma holatida yotgan O‘zbekiston fuqarosi Abram Niyazovga amaliy yordam ko‘rsatish masalasini O‘zbekistonning Seul shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi nazorat ostida ushlab turganini ma’lum qilamiz.
2019-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Singapur Respublikasi Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Davlat katta vaziri, Singapur Janubi-sharqiy okrugi meri Muhamad Maliki Bin Osman boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
2019-yilning 2-aprel kuni O‘zbekistonga Singapur Respublikasi Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Davlat katta vaziri, Singapur Janubi-sharqiy okrugi meri Muhamad Maliki Bin Osman boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan kelmoqda.
2019-yilning 3-aprel kuni Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.