DAVLAT CHEGARASINI DEMARKATSIYA QILISH BO?YICHA O?ZBEKISTON-TOJIKISTON MUZOKARALARIGA DOIR

17.04.2019 15:43

2019-yilning 11-17-aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi demarkatsiyasining tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlandi hamda dala ishlari reja-grafigi kelishildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra Protokol imzolandi. Ikki mamlakat delegatsiyalarining navbatdagi majlisi may oyining ikkinchi o‘n kunligida Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net