MOSKVA, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning ommabop «Argumenti i fakti» haftanomasi sahifasida Rossiya hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquq instituti yetakchi ilmiy xodimi, yuridik fanlar nomzodi Sergey Chirkinning O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar mavzusiga bag‘ishlangan maqolasi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.