2018-yilning 3-dekabr kuni Riyoz shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundi o‘tkazildi.
2018-yilning 3-dekabr kuni TIVda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Muvaqqat ishlar vakili Alan Meltser bilan uchrashdi.
2018-yilning 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hay’atning kengaytirilgan majlisida TIV Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan Djavxar Izamovni tanishtirdi.
2018-yilning 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yaponiya Favqulodda va Muxtor Elchisi Nobuaki Itoni qabul qildi.
2018-yilning 28-noyabr – 2-dekabr kunlari Kunmin shahrida (Xitoy) Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Agzamxo‘jayev (qarorgohi Anqara shahrida) Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 noyabr kuni Urganch - Xiva poyezdida Xiva shahriga keldi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xiva tumanidagi “Khiva Silk Fabric” korxonasini borib ko‘rdi.
Iqboljon Soliyev Tashqi ishlar vazirligining Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasining Turizmni rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
2018-yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashdi.