Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda sud-huquq tizimini isloh etish dolzarb vazifaga aylandi. Bu borada 1992-yil 8-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingani tizimdagi islohotlarning mustahkam huquqiy asosi boʻldi. Shunga koʻra, 1994-yil 22-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Jinoyat kodeksi qabul qilindi va bir yildan soʻng
1-apreldan hayotga joriy etildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining bank sektori tahlili shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekiston bank sektorida ham barqarorlik, ham eʼtibor talab qiladigan qator qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Likvidlilik va moliyaviy ommaboplik koʻrsatkichlarini yaxshilash zarurati mijozlar va investorlarning ishonchini taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahridagi BRIKS sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini qutlash marosimida qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi.
O'zbekiston elchixonasi rahbariyati Malayziyaning "Export-Import Bank of Malaysia" (Eksimbank) prezidenti va bosh ijrochi direktori Nurbayu binti Kasim Chang bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati poytaxtga yaqinligi, yurtimiz vohalari va xalqaro yo‘llarni bir-biriga bog‘lashi bilan ulkan iqtisodiy salohiyatga ega. Keyingi yetti yilda hududda qariyb 9,4 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 143 mingdan ortiq ish o‘rni va 5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan.
14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.