Toshkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida Markaziy Osiyo va Xitoy Xalq Respublikasi davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, yetakchi tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, xorijiy va milliy ekspertlar ishtirokida “Bir makon, bir yo‘l: Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yangi imkoniyat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berilishiga start berdi.
Kremlda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif dasturining ikkinchi kunida Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.
/"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-7 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo'ladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.