Mamlakatimizning Ozarbayjondagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra 2019-yilning 16-may kuni Toshkent shahridan Boku shahriga kelgan O‘zbekiston fuqarosi Muratov Baxodir Maxamadaminovich, 20.02.1974-y.da tug‘ilgan, 19-may kuni vafot etdi.
Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra Instagram tarmog‘ida noma’lum shaxslarning Tyumen shahrida go‘yoki fojiali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jasadini vatanga jo‘natish uchun mablag‘ yig‘ishda (hisob raqami ko‘rsatilgan) yordam berish so‘ralgan videomurojaati tarqatilmoqda.
2019-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahridagi Yaponiya Elchixonasiga tashrif buyurdi. Diplomatik vakolatxonada Imperator Naruhitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan Qutlov kitobi ochildi.
2019-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
2019-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bishkek shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Guliston shahrida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etishto‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizning Qozog‘istondagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yilning 19-may kuni taxminan soat 18.00da Mang‘istau viloyati “Beyneu-Tajen” avtomagistralining 82-kilometrida ichida 7 ta odam, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi joylashgan “Lada Largus” yengil avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.