O?ZBEKISTON ELCHISI “OLTIN QALAM” XALQARO TANLOVI MUKOFOTINI TOPSHIRDI

01.06.2019 12:48

2019-yilning 31-may kuni O‘zbekistonning Tojikistondagi Elchisi Ergash Shaismatov tantanali tarzda “Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri Yoqubjon Abdumanonzodaga “Oltin qalam” XIV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov Tashkiliy qo‘mitasining diplom va sovg‘asini topshirdi. Tanlov yakunlari an’anaga ko‘ra 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunida e’lon qilindi.

 

 

Xalqaro tanlov Tashkiliy qo‘mitasi va hakamlar hay’ati Yoqubjon Abdumanonzodaning “Xalq ovozi” va boshqa nashrlarda chop etilgan ishlarini “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi bo‘yicha diplom bilan taqdirladi. Maqolalar avvalo tojik va o‘zbek xalqlarining ko‘p asrlik aloqalarini mustahkamlashga, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan

 “Xalq ovozi”ning birinchi soni 1929-yilda chop etilgan. Bugungi kunda gazeta Tojikiston Respublikasi Hukumatining o‘zbek tilidagi nashri hisoblanadi.

 Mukofat bilan tabriklay turib, Elchi hayotning turli jabhalaridagi O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarning izchil rivojlanishida Yoqubjon Abdumanonzoda va umuman gazetaning qo‘shayotgan salmoqli hissasini alohida ta’kidladi. Muallifning “Do‘stlar diydorida shodlik mujassam”, “Qadim Samarqand sari farahbaxsh parvoz”, “Asrlar sinovidan o‘tgan do‘stlik”, “Ближний сосед лучше дальней родни” va boshqa shu kabi maqolalari o‘quvchilarni birodar xalqlarimizning tub manfaatlariga xizmat qiluvchi davlatlararo munosabatlardagi jadal o‘zgarishlar, ularning sermahsul natijalari bilan tanishtiradi.

 Yoqubjon Abdumanonzoda o‘z navbatida mehnatining yuqori baholanganligi uchun minnatdorchilik izhor etdi va o‘z ijodining kelgusida ham Tojikiston va O‘zbekiston xalqlarining farovonligiga xizmat qilishiga umid bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net