O?zbekiston, Qozog?iston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdilar

07.10.2023 17:20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berilishiga start berdi.

Teleko‘prik tarzida o‘tgan marosimda davlatimiz rahbari energetika sohasidagi uch tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadigan ushbu voqeaning tarixiy ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston va Rossiya yetakchilariga ushbu loyihaning ro‘yobga chiqarilishini shaxsan qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Gaz yetkazib berishni juda qisqa muddatda tashkil etish, magistral gaz quvuri qismlarini rekonstruksiya qilish, kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish va yangi “Beynov” gaz-o‘lchov stansiyasini qurish ishlarida ishtirok etgan mutaxassislarga alohida rahmat aytdi.

Rossiya gazini “revers” tarzda import qilish boshlanayotgani O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu loyiha mamlakatimiz energetik xavfsizligini ta’minlash, “moviy yoqilg‘i”ni kafolatli yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilish yo‘lida oldinga tashlangan katta qadam, iste’moldagi mavsumiy nomutanosiblikni qoplash, aholini gaz va elektr energiyasi bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash uchun energiya resurslarining qo‘shimcha hajmlari demak.

Ushbu yirik loyihaning ro‘yobga chiqarilish va uning natijalari uch mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net