O?zbekistonda tadbirkorlarni davlat ro?yxatidan o?tkazish bilan bir vaqtda birja tizimida akkreditatsiyadan o?tkazish tartibi joriy etilmoqda

25.11.2022 12:03

“Dunyo” AA/. Bu O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan «Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatga ko‘ra, tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishda ularni bir vaqtning o‘zida birja tizimida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, xorijiy yetkazib beruvchilar tomonidan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun majburiy tartibda elektron raqamli imzo olish talabi bekor qilinadi;

Qarorda tadbirkorlarning yuqori likvidli va monopol bo‘lmagan mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish uchun istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etilishi belgilandi.

Taʼkidlanishicha, tadbirkorlarga, o‘z xohishiga ko‘ra, birjadan tashqari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha birjaning hisob-kitob-kliring tizimi orqali kafolatli hisob-kitob xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, mahsulotlarni “forvard” bitimlari asosida sotish tartibi birja savdolari orqali tuziladigan eksport-import shartnomalariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Davlatmiz rahbari tomonidan imzolangan qororga ko‘ra, 2022 yil 1 dekabrdan 2024 yil 1 yanvargacha quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi:

-monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan po‘lat shar, metall list prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, kaustik soda, neft koksi, sintetik nafta, barda – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi;

-monopol bo‘lmagan va ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:

-metall list prokati va sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;

- paxtadan olingan chigit, paxta moyi (ekstraksiya paxta moyi), qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) va isteʼmol etil spirti – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net