O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra 2022-yil yakunlariga ko`ra axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.
/“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda joriy yil oxiriga qadar umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lgan 7 ta elektr stansiyasi (1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES) ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi tomonidan Turkiya viloyatlariga savdo-iqtisodiy missiyalarining amalga oshirilishi davomida yangidan-yangi bozorlar va hamkorlar topish maqsadiga yo‘naltirilgan jadal ishlar olib borilayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Budapesht shahrida mamlakatdagi “OTP” banki Bosh ijrochi direktori o‘rinbosari, O‘zbekiston - Vengriya Ishbilarmonlar kengashining Vengriya tomonidan hamraisi Laslo Volf bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Zamonaviy tibbiyotning barcha jabhalarini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitali o‘z faoliyatini yana-da takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlarning ro‘yxati maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi “Airbus” aviasozlik kompaniyasi bilan “A320neo” oilasiga mansub 12 ta samolyot xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/«Dunyo» AA/. Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi doirasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib.
/“Dunyo” AA/. Singapurda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kecha ushbu mamlakatning yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Singapurga tashrifi doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bugun Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.