O?zbekiston aviaparkini yangilash maqsadida 12 ta samolyot xarid qilish bo?yicha shartnoma imzolandi

22.01.2023 16:42

/“Dunyo” AA/. «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi “Airbus” aviasozlik kompaniyasi bilan “A320neo” oilasiga mansub 12 ta samolyot xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA  muxbiri.

Kompaniya maʼlumotiga ko‘ra,  samolyotlarning sakkiztasi  “A320neo” va to‘rttasi “A321neo”  rusumlariga tegishlidir.  Xarid qilinadigan havo kemalari «Airbus Airspace» saloniga ega bo‘lib, u yo‘lovchilarga havo transporti bozorida yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi yangi havo kemalaridan yo‘nalishlar tarmog‘ini yana-da kengaytirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda. 

«Uzbekistan Airways» bilan hamkorligimiz 1993 yilda boshlangan. Aviakompaniya aviaparkini kengaytirish uchun yana “A320neo” oilasiga mansub havo kemalari tanlangani biz uchun katta sharaf. Biz Markaziy Osiyo mintaqasida aviatashuvlar bozori qanday rivojlanayotganini kuzatyapmiz. “A320neo” oilasining zamonaviy va samarali havo kemalari «Uzbekistan Airways» kompaniyasiga ushbu o‘sishdan foyda olish va mintaqada yetakchi rollardan birini egallash imkonini beradi», dedi “Airbus” kompaniyasining bBosh tijorat direktori va bo‘lim boshlig‘i Kristian Sherer.

Maʼlumot uchun: hozirgi kunda «Uzbekistan Airways» parkida “Airbus” kompaniyasining 17 ta samolyoti mavjud.  

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net