Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan “Toshkent-Jakarta-Toshkent” yo‘nalishida ilk samoliyot parvozi amalga oshirildi.
Saudiya Arabistoni Podshohligi ta’lim va tarbiya tizimida har yili o‘rta maktab o‘quvchilari tomonidan xorijiy davlatlar taqdimoti musobaqasini o‘tkazish an’anaga aylangan.
Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi va O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida respublika sayyohlik salohiyatini arab dunyosida ham keng targ‘ib qilish chora-tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilning 15-aprel kuni Polshaning poytaxti Varshava shahrida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi hamkorligida Polshadagi vatandoshlarimiz hamda xorijlik mezbonlar ishtirokida O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
2018 yilda Qozogʻistonda Oʻzbekiston turizm yili oʻtkazildi. Uning doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan qozogʻistonlik hamkorlar bilan qatortadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, mart oyida Ostona shahrida Oʻzbekiston – Qozogʻiston birinchi sayyohlik forumi oʻtkazildi. Unda ikki davlatdan 200 dan ziyod turoperator qatnashdi.
Buxoro viloyati turizm sohasida katta salohiyatga ega. Bundan foydalanib, 2021 yilgacha xorijiy sayyohlar sonini 2 barobar ko‘paytirish, turizm xizmatlari tushumini 350 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Mamlakatimizning Hindistondagi Elchixonasi va Bangladesh Sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Dakka shahrida O‘zbekistonning turizm va investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent arxeologik yodgorlik majmuasini borib ko‘rdi.
Joriy yilning 23-24 fevral kunlari Hindistoning Mumbay shahrida “The Times Travel Show Expo” yirik sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Hindistoning yetakchi turizm kompaniyalari, sayyohlik sohasida faoliyat yurituvchi turli sanoat tashkilotlari, yetakchi aviakompaniyalar va xorijiy davlatlar delegatsiyalari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda ilk bora oʻtkazilayotgan mazkur forum Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Tashqi ishlar vazirligi, Buxoro viloyati hokimiyati, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ISESCO) hamda Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) koʻmagida tashkil etildi.