OʻZBEKISTON QOZOGʻISTONLIK SAYYOHLAR UCHUN QULAY MANZIL

13.04.2019 15:53

2018 yilda Qozogʻistonda Oʻzbekiston turizm yili oʻtkazildi. Uning doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan qozogʻistonlik hamkorlar bilan qatortadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, mart oyida Ostona shahrida Oʻzbekiston – Qozogʻiston birinchi sayyohlik forumi oʻtkazildi. Unda ikki davlatdan 200 dan ziyod turoperator qatnashdi.

Qozogʻiston poytaxtida tashkil etilgan “Kazakhstan international Trade” xalqaro sayyohlik yarmarkasida mamlakatimiz vakillari ishtirok etdi. Unda yarmarka ishtirokchilariga yurtimizdagi anʼanaviy sayyohlik yoʻnalishlari bilan bir qatorda tibbiyot turizmi haqida ham maʼlumotlar taqdim etilgan. “Qazaqstan” milliy telekanali vakillari uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari boʻylab tashkil etilgan media-tur qozogʻistonliklarga yurtimizning sayyohlik imkoniyatlarini keng namoyish qilish imkonini berdi.

Sayyohlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Olmaota – Toshkent – Olmaota, Nur-Sulton–Toshkent – Nur-Sulton yoʻnalishlari boʻyicha aviqatnovlar soni oshirildi.

Ikki mamlakat oʻrtasida turizm aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan shu kabi amaliy ishlar natijasida Oʻzbekistonga oʻtgan yilda 2 milliondan ziyod qozogʻistonlik sayyoh tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2018 yilda mamlakatimizga kelgan jami turistning salkam 30 foizini tashkil etadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net