AL-JAZIRA” TELEKOMPANIYASI O?ZBEKISTON XAQIDA

18.04.2019 17:13

Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi va O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida respublika sayyohlik salohiyatini arab dunyosida ham keng targ‘ib qilish chora-tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 21-23-fevral kunlari Buxoro shahrida tashkil etilgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumida Kuvaytning “Al-Jazira” telekompaniyasi vakillari ishtirok etishdi. Safar doirasida mehmonlar respublikamizning ko‘hna shaharlari va tarixiy obidalarini ziyorat qildilar. Tashrif yakuni bo‘yicha esa, kuvaytlik mehmonlar tomonidan mamlakatimizning sayyohlik, madaniy, ilmiy va ma’naviy salohiyatiga bag‘ishlangan bir qator ko‘rsatuvlar tayyorlandi.

Jumladan, shu yilning 14-aprelida “Islom madaniy me’rosi va eng mashhur musulmon olimlarning tug‘ilgan joyi bo‘lgan O‘zbekiston tarixiy Buxoro shahrida tashkil etilgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumi orqali diniy turizmni rivojlantirmoqda” sarlavhali birinchi ko‘rsatuv efirga uzatildi.

Unda muallif poytaxtimiz markazida joylashgan Amir Temur haykali va mamlakatning o‘ziga xos boy madaniy merosi xaqidagi ma’lumotlar bilan ko‘rsatuvni boshlaydi.

Ko‘rsatuvda o‘zbek xalqi madaniy merosiga tegishli ramzlardan biri sifatida Xalifa Usmon ibn Affon musxafi keltiriladi. Unda ta’kidlanganidek, ushbu musxaf Qur’on musxafining uchdan biri hisoblanadi va u hozirgi kunda Toshkent shahridagi Xazrati Imom majmuasida saqlanib kelinmoqda. Uni Amir Temur XIV asrda Iroqdan olib kelgani, XIX asr oxirlarida esa Sankt-Peterburgga olib ketilgani va 1924-yilda yana O‘zbekistonga qaytarilgani qayd etiladi.

“Samarqand shahridan bir necha kilometr uzoqlikda Imom Buxoriy maqbarasi joylashgan. Imom Ismoil al Buxoriy milodiy IX asrda yashab o‘tgan va ko‘plab asarlar bitgan. Eng mashxurlaridan biri “al-Jome as-Sahih” to‘plamidir. Bu asar Sahihi Buhoriy kitobida mashhurdir. O‘zbekiston zaminida ko‘plab olimu ulamolar dunyoga kelgan va ijod qilishgan. Termiziy, Moturudiy va Shoshiy singari ulug‘ shaxslar shular jumlasidandir. O‘zbekiston asarlarida islomiy fikrlar bilan taassurot qoldirgan bir necha olimlar bor. Hozirgi kunda O‘zbekiston hukumati diniy turizmni islom olamidagi shuxrati bilan sohani rivojlantirmoqda”, - deyiladi ko‘rsatuvda.

Muallif, shuningdek, Buxoro shahrida XII asrda Poyi Kalon minorasi va XVI asrda Poyi Kalon masjidi qad rostlagani hamda bu binolar hamon tolibi ilmlarni qabul qilib kelayotgan Mir Arab madrasasining ro‘parasida joylashganini ta’kidlaydi.

“O‘tgan asrlarda Buxoro shahrida yuzlab madrasalar qurilganligini shohidi bo‘lish mumkin. Bu singari madrasalar ilm va olimlar uchun nur manbasi bo‘lgan. Bu makondan uzoq bo‘lmagan joyda Naqshbandiya tariqatining asoschisi va islom olamida millionlab tariqatchilarni o‘z atrofida birlashtirgan Muxammad Baxouddin al-Naqshbandiyning maqbarasi joylashgan. Bu kabi yetuk olimlar va ularning qoldirgan asarlari, diniy me’roslardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Buxoro shahrida diniy turizmning birinchi forumini tashkil etdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulovning ta’kidlashicha, ziyorat turizm toboro rivojlanib bormoqda va bu kabi forumlar diniy turizmni rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi va dunyo bo‘ylab madaniy va insoniy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu forumda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdi va ularga Imom Buxoriy, Termiziy, Naqshbandiy va Shoshiy singari ulamolarning hayoti va ijodlariga bag‘ishlangan ma’lumotlar berildi”, - deydi muallif.

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net