BANGLADESH POYTAXTIDA O?ZBEKISTON TURIZM SALOHIYATI TAQDIMOTI BO?LIB O?TDI

19.03.2019 09:53

Mamlakatimizning Hindistondagi Elchixonasi va Bangladesh Sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Dakka shahrida O‘zbekistonning turizm va investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlarda mamlakatdagi yirik sayyohlik agentliklari, jamoat tashkilotlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarga respublikamizning iqtisodiy va turizm salohiyati, sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijlik sayyohlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida batafsil ma’lumot yetkazildi.

Taqdimotlarda O‘zbekistonning ziyorat turizm salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekistondagi islom madaniyati markazlari, muqaddas qadamjolar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi va mavzuga doir videolavhalar namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari Samarqand, Buxoro, Termiz, Toshkent, Xiva kabi shaharlar, mazkur shaharlarda saqlanayotgan jahon ahamiyatiga molik tarixiy-madaniy meros namunalari bangladeshlik sayyohlar orasida juda ham mashhur ekanligini va so‘nggi yillar davomida O‘zbekistonga sayohat qilish istagida bo‘lganlar soni ortib borayotganligini ta’kidladilar.

Xususan, Bangladesh Sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi prezidenti Manzur Murshid quyidagi fikrlarni bildirdi:

 - Bangladesh va O‘zbekiston o‘rtasida an’anaviy ravishda do‘stona munosabatlar rivojlanib kelgan. Bunda umumiy tariximiz va madaniyatlarimizning o‘zaro mushtarakligi muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan ham O‘zbekistonning bangladeshlik sayyohlar uchun jozibasi baland.

 O‘zbekiston turizm sektorida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, viza tizimining erkinlashtirilishi va sayyohlarga ko‘plab qulayliklar yaratilayotganligi sayyohlik kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Shu bilan birgalikda ta’kidlab o‘tishim lozim, bugungi kunda Dakka va Toshkent shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarining yo‘lga qo‘yilmaganligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sayyohlar oqimiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonga sayohat qilmoqchi bo‘lgan bangladeshlik sayyoh uchinchi mamlakat, asosan, Hindiston, Tailand yoki Dubay aeroportlari orqali Toshkent shahriga yetib boradi. Aminmanki, O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasida havo qatnovining yo‘lga qo‘yilishi nafaqat turizm sohasining rivojiga hissa qo‘shadi, balki savdo-iqtisodiy munosabatlarning kengayishiga, xalqlarimizni bir biriga yanada yaqinlashishiga xizmat qiladi.

Muna Travels and Tours Ltd sayyohlik kompaniyasi rahbari Muhammad Hilal:

- Bizning sayyohlik kompaniyamiz asosan ziyorat turizmiga ixtisoslashgan. Bugungi tadbir biz uchun juda ham sermahsul bo‘ldi. Islom madaniyatining markazlaridan biri hisoblangan O‘zbekistonning turizm salohiyati bo‘yicha atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldik. O‘ylaymanki, bu yo‘nalishda o‘zaro foydali hamkorlikni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarimiz yetarli. Bu yilgi mavsumdan boshlab Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarga sayyohlik guruhlarini tashkil qilishni rejalashtirganmiz.

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net