NAMANGAN VILOYATINIG SAYYOHLIK SALOHIYATI HINDISTONDA NAMOYISH ETILDI

25.02.2019 15:12

Joriy yilning 23-24 fevral kunlari Hindistoning Mumbay shahrida “The Times Travel Show Expo” yirik sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Hindistoning yetakchi turizm kompaniyalari, sayyohlik sohasida faoliyat yurituvchi turli sanoat tashkilotlari, yetakchi aviakompaniyalar va xorijiy davlatlar delegatsiyalari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Mumbay shahridagi vakolatxonasi hamkorligida O‘zbekiston milliy stendi o‘rnatildi.

 Respublikamizning turizm salohiyati, tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi uslubda bezatilgan O‘zbekiston stendiga ingliz tilida tayyorlangan turli ma’lumotlar, jumladan, broshyura va videomateriallar joylashtirildi.

Ko‘rgazma doirasida Namangan viloyati turizm salohiyatiga bag‘ishlangan alohida burchak tashkil etildi. Unda viloyatda xorijiy sayyohlar uchun ziyorat turizmi, ekoturizm, oilaviy turizm va boshqa yo‘nalishlardagi mavjud imkoniyatlar namoyish etildi.

 Ikki kun davom etgan ushbu ko‘rgazmaga 10 ming nafardan ziyod kishi tashrif buyurdi. Mehmonlarga O‘zbekistonning turizm salohiyati, mavjud turizm yo‘nalishlari, yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar bo‘yicha har tomonlama taqdimot berildi.

 Xususan, hindistonlik sayyohlar “e-visa” tizimi va bu yo‘nalishda kiritilgan erkinliklar, Mumbay va Toshkent shaharlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aviaqatnovlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net