2018-yilning 14-noyabr kuni Toshkent shahriga Italiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Manlio Di Stefano boshchiligidagi delegatsiya keladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Polsha Respublikasi mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan Prezident Anjey Dudaga tabrik yo‘lladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
2018-yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Beniluks davlatlaridagi Elchixonasida Niderlandiya Qishloq xo‘jaligi, tabiatni asrash va oziq-ovqat sifati vazirligi bilan birgalikda Almer shahrida mamlakatimizning agrar oziq-ovqat sektori imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etiladi.
2018-yilning 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Berlin shahrida Germaniya Federal hukumatining TIVdagi Rossiya, Markaziy Osiyo va Sharqiy sherikchilik davlatlari bilan jamiyatlararo hamkorlik bo‘yicha koordinatori, Bundestag deputati Dirk Vize bilan uchrashdi.
2018-yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Beniluks davlatlaridagi Elchixonasida Niderlandiya Qishloq xo‘jaligi, tabiatni asrash va oziq-ovqat sifati vazirligi bilan birgalikda Almer shahrida mamlakatimizning agrar oziq-ovqat sektori imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etiladi.
2018-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Brussel shahrida Yevropa parlamentida bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston uchun birgalikdagi qarashlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
2018-yilning 8-noyabr kuni Berlin shahrida bo‘lib turgan hukumat delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federal prezidentining diplomatik va tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tomas Bagger bilan uchrashdi.
2018-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Berlin shahrida Germaniya Bundestagi Vitse-prezidenti Hans-Peter Fridrix bilan uchrashdi.
2018-yilning 8-noyabr kuni Berlin shahrida hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri Hayko Maas bilan uchrashdi.