Alisher Bоtirov O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi (Turkiya Respublikasi) Bosh konsuli etib tayinlandi.
Namangan viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo, Tashqi ishlar vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishga alohida tayyorgarlik ko‘rildi.
2019-yil 4-iyun kuni “BBC” (Buyuk Britaniya) teleradiokompaniyasi muxbiri Avazbek Toxirov O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) delegatsiyasi fuqarolar muhofazasi va favqulodda holatlarning oldini olish sohasini takomillashtirish borasida tajriba almashish maqsadida Fransiyaga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport yagona axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga binoan mamlakatimizda yagona ma’lumotlar bazasi yo‘lga qo‘yiladi.Ushbu tizim sport natijalari bo‘yicha izchil monitoring olib borish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha sportchilar, murabbiylar hamda sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish tadbirlari hamdao‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”ni hayotga izchil tadbiq etish doirasida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga amaliy safari tashkil etildi.
Mamlakatimizning Kiyevdagi elchixonasi ko‘magida o‘zbek meva va sabzavot mahsulotlarini Ukrainaga eksport qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
2019-yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Venesuela Bolivar Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehron shahrida) Karlos Alkala Kordonesni qabul qildi.