Mamlakatimizning Hindistondagi Elchixonasi va Bangladesh Sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Dakka shahrida O‘zbekistonning turizm va investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etildi.
2019-yilning 18-mart kuni Namangan shahrida Rossiyaning “Fabrika Nashe” korxonasining paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish yangi quvvatlariga birinchi ramziy tosh qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ikkinchi Maslahat uchrashuvini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilishni boshladi.
Kuvayt Universiteti qoshidagi Til o‘qitish markazining tinglovchisi Saidkamol Nabiyevning “as-Siyasa” gazetasida chop etgan maqolasi ana shunday nomlanadi. U mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar taxliliga bag‘ishlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziyaning Papua muzofotida kuchli sel kelishi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Irlandiya Respublikasi Prezidenti Maykl Xigginsni ushbu mamlakatning milliy bayrami - Avliyo Patrik kuni munosabati bilan qutladi.
2019-yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Abdualiyev «Kanimed Alles Sag'lik Cozumleri A.S» turk kompaniyasi bosh direktori Filiz Erdog‘an bilan uchrashdi.
Toshkent shahrida 15 mart kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT) tashkil etilganining 15 yilligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
2019-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Elchisi (qarorgohi Brussel shahrida) Dilyor Xakimov Niderlandiya Qiroli Uilliam-Aleksandrga ishonch yorliqlarini topshirdi.