Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisi oldidan Senat qoʻmitalari va komissiyasining majlislari boʻlib oʻtdi. Ularda oʻn yettinchi yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr - Malta Respublikasi kuni munosabati bilan mamlakat Prezidenti Mari-Luiz Koleyro Prekaga tabrik yo‘lladi.
2018-yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Voronej viloyatining Novovoronej shahriga (Rossiya) jo‘nab ketadi. Delegatsiya tarkibidan Oliy Majlis deputatlari guruhi, Adliya vazirligi vakili, “Dunyo” axborot agentligi, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali, qator internet-resurslarning jurnalistlari o‘rin olgan.
2018-yil 13-dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
Mamlakatimizda sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan xorijiy mutaxassislarni yaqindan tanishtirish maqsadida Germaniyaning Xaydelberg shahrida “Yevropa kampus” xususiy universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi siyosiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi.
2018-yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining Afg‘onistondagi yarashish bo‘yicha Maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
2018-yilning 9-dekabr kuni O‘zbekistonga AQSh Davlat kotibining Afg‘onistondagi yarashish bo‘yicha Maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktor Liza Kortis kelmoqda.
2018-yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Naser Busherit bilan uchrashuv o‘tkazdi.