/“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning mashhur «Bradt Travel Guides» sayyohlik nashriyoti tomonidan chop etilgan «2023 yil uchun ajoyib sayohatlar» nomli maʼlumotlar to‘plamida Qoraqalpog‘iston eksklyuziv sayyohlik yo‘nalishi sifatida qayd etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 12 yanvar kuni “Global Janub ovozi” sammitining yalpi majlisida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.
/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir va uran ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.
/“Dunyo” AA/. O‘tgan yili Samarqanddagi “Registon” ansambliga 1 million 027 ming 951 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar kelgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. «Iran Daily» gazetasining internet tarmog‘idagi veb-sahifasida «O‘zbekiston – dam olish va sog‘lomlashtirish uchun ajoyib diyor» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi «International Aerospase Quality Group» (IAQG) - Xalqaro aerokosmik sifat guruhining teng huquqli aʼzosiga aylandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun sanoatni rivojlantirish hamda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.
“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Belarus kinoijodkorlari hamkorligida «O‘zbek qizi» badiiy filmini tasvirga olish ishlari nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining «Sirdaryo viloyat Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti «Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.