2019-yilning 13-iyun kuni London shahrida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlari tarixida ilk bor tashqi siyosat idoralari o‘rtasida boshqarma boshliqlari darajasida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
“Ipak va ziravorlar” xalqaro festivali mamlakatimiz va xorijda o‘z muxlislariga ega yirik voqealardan biriga aylanib ulgurdi.
O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (GFR) shahridagi bosh konsulxonasi ko‘magida Vintertur (Shveysariya) shahrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni hamda xorijlik tadbirkorlar faoliyati uchun yaratilayotgan qulay investitsiyaviy muhitga bag‘ishlangan axborot tadbiri tashkil etildi.
2019-yil 13-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.
O‘zbekistonning Riyoz shahridagi elchixonasi vakillari Saudiya Arabistoni Podshohligi Savdo-sanoat palatalari kengashida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
2019-yilning 11-iyun kuni Gollandiyaning Halal Correct Certification BV kompaniyasi bosh menejeri Abdulfattoh Ali Salah boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Bunga mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat o'simlik karantini inspektsiyasi va Misr qishloq xo'jaligi va melioratsiya vazirligining Markaziy o'simlik karantini boshqarmasi o'rtasidagi hamkorlik natijasida erishildi.
2019-yilning 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Rosenblumni qabul qildi.
2019-yilning 10-11-iyun kunlari Yerevan shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Shartnoma-huquqiy departamenti delegatsiyasi MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari huquqiy xizmatlari rahbarlari Maslahat qo‘mitasining 26-majlisida ishtirok etdi.
Joriy yil 15 iyundan Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MDXMI) Toshkent filiali abituriyentlardan bakalavriat i magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilishni boshlaydi.