2019-yilning 14-22-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT NJB) Narkotik moddalari bo‘yicha komissiyasining Vena shahrida bo‘lib o‘tadigan 62-yillik sessiyasida ishtirok etadi.
2019-yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Toshkent xalqaro aeroportida tranzit bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jenis Qasimbek boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
2019-yil 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Afg‘oniston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sayid Shahobuddin Timuriyni qabul qildi.
2019-yil 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mo‘g‘uliston Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Luvsan Battulguni (qarorgohi Ostona shahrida) qabul qildi.
2019-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Indoneziya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Sunario Kartadinatuni qabul qildi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rim-katolik cherkovi rahbari Fransiskni Vatikan milliy bayrami – uning Muqaddas taxtga oʻtirgan kuni munosabati bilan tabrikladi.
2019-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun rasmiy delegatsiya tarkibida Toshkent shahriga kelgan BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Sulton Muhammad ash-Shamisiyni qabul qildi.