2018-yilning 21-24-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Brussel shahrida bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan soʻng AQSH Kongressi delegatsiyasi aʼzolari OʻzA muxbiriga Oʻzbekiston bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida yangi bosqichga chiqayotgan hamkorlik haqida quyidagilarni soʻzlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSh Kongressi delegatsiyasini qabul qildi.
2018-yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda bo‘lib turgan “O‘zbekiston bo‘yicha kokus” hamraislari Trent Kelli va Visente Gonsaliz boshchiligidagi AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zolari guruhi bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Elchisi Javlon Vaxabov (qarorgohi Vashington shahrida) Kanada General-gubernatori Jyuli Payettga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 noyabr kuni Latviya Respublikasi e’lon qilinganining 100 yilligi munosabati bilan Prezident Raymonds Veyonisni qutladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘mon milliy bayrami – Sulton tavalludi kuni munosabati bilan Sulton Qobus bin Saidni tabrikladi.
2018-yilning 16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlarining har yil bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
2018-yilning 13-noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi joylashgan bino qarshisida mamlakatimiz davlat bayrog‘ini tantanali ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bosh konsulxona manzili Karl Libknext ko‘chasi 22-uy.
2018-yilning 15-noyabr kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston – Qirg‘iziston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.