O?ZBEKISTONNINNG YEKATERINBURG SHAHRIDAGI BOSH KONSULXONASI O?Z FAOLIYATINI BOSHLADI

16.11.2018 10:12

2018-yilning 13-noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi joylashgan bino qarshisida mamlakatimiz davlat bayrog‘ini tantanali ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bosh konsulxona manzili Karl Libknext ko‘chasi 22-uy.

Tantanali marosimda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchisi Bоtirjon Asadov, Sverdlov viloyati Xalqaro va tashqi savdo vaziri Vasiliy Kozlov, Rossiya TIVning Yekaterinburgdagi Vakili Aleksandr Xarlov, Yekaterinburgda akkreditatsiya qilingan bosh konsullar, boshqa rasmiy shaxslar va o‘zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Shu kunning o‘zida konsullik muassasasi ochilishi sharafiga Sverdlov viloyati rasmiy shaxslari, chet ellik diplomatlar, biznesmenlar va o‘zbek diasporasi vakillari hamda Sverdlov viloyati Gubernatori Yevgeniy Kuyvashev ishtirokida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, Ural federal okrugi va Sverdlov viloyati ma’muriy markazida joylashgan yangi diplomatik vakolatxona O‘zbekiston va Rossiya mintaqalarini, ikki davlat xalqlarini bog‘lovchi yana bir ko‘prik bo‘ladi.

Bosh konsulxonaning birinchi tadbirlaridan biri shu kunning o‘zida Yekaterinburg shahrida tashkillashtirilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” nomli mamlakatimiz turistik salohiyati taqdimoti bo‘lgani ham bejizga emas.

Barcha tashkiliy masalalar hal etilguniga qadar bosh konsulxona tomonidan hozirgi vaqtda faqat konsultativ ko‘mak ko‘rsatilmoqda (“WhatsApp” va “Telegram” raqami +79655194222).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net