Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Kuvaytning “As-Siyasa” gazetasining navbatdagi sonida respublikamizda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash va islomiy obidalarni saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
Iqtisodiyot va moliya bo‘yicha nufuzli “El Mundo Financiero.com ” (Ispaniya) xalqaro jurnalida shunday sarlavhali maqola e’lon qilindi. Uning muallifi qirol Xuan Karlos nomidagi universitet professori Karlos Uriartedir. Olimning qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng O‘zbekistonda mamlakatni faol rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda “Halol” standartini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, mazkur yo‘nalishda “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Kirish turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Braziliyaning Brumadinyu munitsipalitetida to‘g‘on yorilishi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan 28 yanvar kuni mamlakat Prezidenti Jair Messias Bolsonaroga hamdardlik bildirdi.
Alisher Salomov O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi (Birlashgan Arab Amirliklari) Bosh konsuli etib tayinlandi.
2019-yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hay’atning kengaytirilgan majlisida vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Abdualiyevni tanishtirdi.
2019-yilning 21-27-yanvar kunlari Dushanbe shahrida O'zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrasvuvi bo'lib o'tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar – Avstraliya kuni munosabati bilan mamlakat General-gubernatori Piter Kosgrouvni tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan Prezident Ram Natx Kovind va Bosh vazir Narendra Modiga tabrik yo‘lladi.