Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHga amaliy tashrifi doirasida qator muhim uchrashuvlar oʻtkazdi, nufuzli tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, 19-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasi umumiy debatlarida nutq soʻzlab, mintaqaviy va global kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan oʻz qarashlarini bayon etdi.
/«Dunyo» AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Berlin shahrida GFR Federal kansleri Olaf Shols raisligida o'tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining birinchi sammitida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
/"Dunyo" AA/. Shu yilning 23-29-oktyabr kunlari Nukus shahrida matematika fani bo'yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada o'tkaziladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Joriy yilning 11-15-sentyabr kunlari O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori Akram Xalilov boshchiligidagi delegatsiya Malayziya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Osiyo sud ekspertizasi fanlari tarmog‘ining (Asian Forensic Sciences Network - AFSN) 15-yalpi yig‘ilishi va simpoziumida qatnashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. 2023-yil avgust–sentyabr oylarida O‘zbekistonning vazirlik va idoralari vakillari Malayziya texnik hamkorlik dasturi (MTCP) doirasida Kuala-Lumpur shahrida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Dushanbe shahridagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida kuni kecha rasmiy tadbirlar, konsert hamda mintaqa mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan bugun Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.