Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Jasliq” 19-son ixtisoslashtirilgan koloniyasini tugatish to‘g‘risidagi qaroriga qator davlatlar va xalqaro tashkilotlarning tezkor munosabati O‘zbekistonda e’tirof etilmoqda. Kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra qator xalqaro tashkilotlar, davlat tuzilmalari, siyosiy doiralarning rasmiy vakillari, OAV mazkur hujjatning inson huquqlarini himoya qilishda va uning qadr-qimmatini hurmat qilishdagi ahamiyatini ta’kidlamoqda.