2019-yilning 17-22-fevral kunlari Olma-ota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 19-21-fevral kunlari Ammon shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi tashqi siyosat idoralari yuridik xizmatlari o‘rtasida hamkorlikning shartnoma-huquqiy masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 18-20-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston-Isroil siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundida ishtiroki doirasida Isroil Tashqi ishlar vaziri bosh direktori Yuval Rotem, Knesset deputatlari Robert Ilatov (“Israel Beyteynu” – “Isroil bizning uyimiz” partiyasi), Konstantin Razvozov (“Yesh Atid” – “Kelajak” partiyasi), Isroil turistik agentliklari va konsultantlari assotsiatsiyasi (ITTAA) bosh direktori Hanni Sobol, Eksport va xalqaro hamkorlik instituti raisi Adiv Barux, “Ashra” Isroil tashqi savdo tahdidlarini sug‘urtalash korporatsiyasi boshqaruv direktori Devid Kleyn, o‘z sohalarida raqobatbardosh ilg‘or texnologiyalarga ega yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bangladesh poytaxti Dakka shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Bangladesh xalqiga, Prezident Abdul Hamid va Bosh vazir Shayx Hasina Vazedga chuqur ta’ziya izhor etdi.
O‘zbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonaasi qator OAVning YUNESKO Umumjahon merosi markazi (UMM) tomonidan O‘zbekistonning Shahrisabz shahrini Umumjahon merosi ro‘yhatidan o‘chirish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi tayyorlanayotgani borasida tarqatgan axborotini rad etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtablari boshliqlarining konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votelni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Keyingi yillarda Guliston o‘z nomiga monand obod bo‘lib bormoqda. Yangi uy-joylar, inshootlar, ravon yo‘llar qurilmoqda.