2019-yilning 20-aprel kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2019-yil 20-aprel kuni soat 05:09da Qozog‘iston Respublikasi Jambul oblasti Korday tumanidan o‘tuvchi “Chimkent-Olmaota” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 181 kilometrida salonida 49 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus yo‘l transport hodisasiga uchragan. Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida 11 nafar fuqaro vafot etgan bo‘lib, ulardan 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan. Vafot etgan fuqarolar: 1. Abduxalikov O‘rinboy Mirxamid o‘g‘li – 04.11.1993y.t. Toshkent viloyati Oxangaron tumanida istiqomat qilgan. 2. Ermekbaeva Dilorom Abdukalikovna – 22.12.1972y.t. Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida istiqomat qilgan. 3. Kalmuratov Alisher Safarbaevich – 03.12.1988y.t. Toshkent viloyatida istiqomat qilgan.
O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi Jambil viloyati Qorday tumani IIB ma’lumotlariga tayanib aniqladiki, 2019-yil 20-apreldagi yo‘l-transport hodisasi natijasida quyidagi O‘zbekiston fuqarolari turli darajadagi jarohatlar olgan (ro‘yxat Qozog‘iston tomonidan kirill alifbosida taqdim etilgan):
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Chje In O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi va O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida respublika sayyohlik salohiyatini arab dunyosida ham keng targ‘ib qilish chora-tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2019-yilning 15-16-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Ruminiyada bo'ldi. Ruminiya joriy yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqiga raislik qilmoqda.