2019-yil 1-iyul kuni Namangan shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov va Namangan viloyati Hokimi Xayrulla Bozorovning raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, viloyatlar tumanlari hokimliklari, qator vazirlik va idoralar vakillari hamda loyiharning mahalliy hamkorlari ishtirok etdilar.
2019-yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Marchin Pjidach bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Nodirjon Turgunov O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi (Qozog‘iston Respublikasi) Bosh konsuli etib tayinlandi.
2019-yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov TIVda yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilish yilning birichi olti oyida O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari faoliyatining dastlabki yakunlari va ikkinchi yarim yilda chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish, eksportga ko‘maklashish va mamlakatimizga turistlar oqimini oshirish bo‘yicha vazifalarga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihonni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3795-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 594-son Qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Dunyo xalqlarining sirk san’ati yutuqlaridan bahramand bo‘lish, o‘zbek milliy sirk san’atini asrab-avaylash va yanada rivojlantirish, uning obro‘-e’tiborini, san’at sohasidagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini oshirish, xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Toshkentda “Xalqaro sirk san’ati” festivali o‘tkaziladi.