Joriy yilning 22 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo’lib o’tgan saylovlarning natijalari bo’yicha qator xalqaro tashkilotlarning missiyalari va xorijiy mamlakatlarning delegatsiyalari kuzatuvlarining dastlabki xulosalariga doir bayonotlar bilan chiqdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni grant mablag’larini faol jalb etish va ulardan samarali foydalanish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazdi.
2019 yilning 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida“gi qonun imzolandi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (keyingi oʻrinlarda – BMT) bilan oʻzaro hamkorligi doimiy ravishda kengayib, chuqurlashib bormoqda. BMT bilan oʻrnatilgan oliy va yuqori darajadagi aloqalar muntazam rivojlanib bormoqda. Oʻzbekiston BMTning Bosh assambleyasi va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalari faoliyatidagi oʻz ishtirokini faollashtirdi.
2019 yil 23 dekabr YEXHT rasmiy veb-sahifasida YEXHT DIIHB missiyasining joriy yilning 25 noyabridan 23 dekabrigacha O’zbekiston Respublikasi parlament saylovlarining kuzatuvlari natijalari to’g’risida e'lon qilingan dastlabki hisobоti e'lon qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YEXHT PA) raisi Georgiy Seretelini qabul qildi.