O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish va ularni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar doirasida mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston hududlarining navbatdagi, Navoiy viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy safari tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2019-yilning 26-fevral kuni tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Ostona shahriga borgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi.
2019-yilning 26-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ispaniya tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 22-23 fevral kunlari Hindistonning Mumbay shahrida Hindiston Xalqaro film va turizm kengashining (IIFTC) navbatdagi taqdirlash marosimi hamda “IIFTC-2019” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda 2018 yil davomida hind kinoijodkorlari tomonidan xorijda suratga olingan kino ustalari taqdirlandi.
Joriy yilning 23-24 fevral kunlari Hindistoning Mumbay shahrida “The Times Travel Show Expo” yirik sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Hindistoning yetakchi turizm kompaniyalari, sayyohlik sohasida faoliyat yurituvchi turli sanoat tashkilotlari, yetakchi aviakompaniyalar va xorijiy davlatlar delegatsiyalari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisi 2019 yil 28 fevral kuni ertalab soat 10.00 da Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.
2019-yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov boshchiligidagi delegatsiya Ostona shahrida vazirliklararo O‘zbekiston-Qozog‘iston maslahatlashuvlarining navbatdagi raundida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni respublikamizning ilg‘or sohalaridagi loyihalarga jalb qilish maqsadida O‘zbekistonning Riyod shahridagi elchixona tomonidan Podshohlikning bir qator kompaniya vakillarini respublikamizga amaliy tashriflarini doimiy ravishda uyushtirib boryapti.
Mamlakatimizda ilk bora oʻtkazilayotgan mazkur forum Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Tashqi ishlar vazirligi, Buxoro viloyati hokimiyati, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ISESCO) hamda Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) koʻmagida tashkil etildi.