2019-yilning 4-mart kuni Doha shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Davlati Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Mureyxiy bilan uchrashdi.
2019-yilning 5-6-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligidagi delegatsiya Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
2019-yilning 3-mart kuni amaliy tashrif bilan Qatarga yo‘l olgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Maskat shahrining xalqaro aeroportida qisqa muddatli tranzit to‘xtovini amalga oshirdi va u erda O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alavi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2019-yilning 6-mart kuni Luksemburg Buyuk Gersogligining Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
2019-yilning 3-5-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Qatar Davlatida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni - Bosniya va Gersegovina mustaqilligi kuni munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidiumi Raisi Milorad Dodikka tabrik yo‘lladi.
2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan uchrashdi.
2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi. S.Svaraj Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 46-sessiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
2019-yilning 1-mart kuni Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) 46-sessiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayх Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Bolgariya milliy bayrami – Ozodlik kuni bilan Prezident Rumen Radevni tabrikladi.